Frantsiya terma jamoasi hujumchisi uchun Evro-2020 tugadi

  • 21.06.2021 17:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele uchun Evro-2020ning qolgan qismi yakunlandi. Bu haqda  Frantsiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Dembele jarohat tufayli endi terma jamoaga yordam bera olmaydi. U Vengriyaga qarshi bahsning 57-daqiqasida maydonga tushgandi. Biroq tizzasidan olgan jarohat tufayli 87-daqiqada almashtirildi.

Usmon Dembele Evro-2020da Franiya termasida 2 o‘yinda ishtirok etdi. Biroq raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmadi.

U "Barselona" klubida ham jarohatlardan boshi chiqmayapti. Shu bois unga ishonch kamaygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!