
Frantsiya terma jamoasini yana bir yulduz tark etishi mumkin
Frantsiyani oldinda "Evro-2024" saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan Niderlandiya va Irlandiyaga qarshi o‘yinlar kutmoqda. Dide Desham ushbu uchrashuvlar oldidan jamoaga yangi sardor tayinladi. Kilian Mbappe frantsuzlarning kapitaniga aylandi. Ushbu qarordan Antuan Grizmann norozi.
"Atletiko" futbolchisi sardorlikni unga topshirishlarini kutgan, lekin bosh murabbiy vingerni e’tibordan chetta qoldirdi. Endilikda, Antuan terma jamoadagi faoliyatini tugatishi mumkin, deya xabar bermoqda "L'Equipe" nashri.
Ma’ulmot uchun, Frantsiyani bu yil Benzema va Loris tark etdi.
Fikrlar