Frantsiya terma jamoasining yangi sardori kim bo‘ladi?

  • 13.03.2023 12:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi yangi sardorlik uchun asosiy nomzodlar haqida qaror qabul qildi.

Avvalroq, "uch ranglilar” sardori Ugo Loris terma jamoadan ketganini ma’lum qilgandi. "Telefoot" nashri xabariga ko‘ra, uning o‘rniga PSJ forvardi Kilian Mbappe yoki "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bo‘ladi. "Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan ham sardorlik maqomiga da’vo qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi 2024 yilgi Evropa chempionati saralash doirasidagi navbatdagi o‘yinini 24 mart kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Uch kundan o‘tib esa, Dide Desham shogirdlari Irlandiya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!