Frantsiyada mavsumning erta yakunlangani qatarlik muxlislar foydasiga xizmat qilishi mumkin

  • 16 may, 2020, 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida mavsum muddatidan avval yakunlanganidan xabaringiz bor. Shu bois, Liga 1 da to‘p suruvchi ayrim jamoalar yangi mavsumdagi rasmiy uchrashuvlar oldidan iyulda Qatarda kichik turnir tashkil etmoqchi.

Tecno

RTL nashrining xabar berishicha, o‘rtoqlik maqomida o‘tkaziladigan ushbu turnirda hozircha PSJ, «Lion», «Lill», «Sent-Eten» klublari ishtirok etish istagini bildirgan va bu jamoalar ayni damda musobaqa masalasidagi muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Turnirning barcha o‘yinlari poytaxt Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. Ammo, hozircha Qatar chegaralari xorijliklar uchun yopiq. Iyul oyiga borib esa vaziyat o‘zgarishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!