Frantsiyaning Polshaga qarshi bahsida hech bir golda qatnashmagan Varanning xizmati katta

  • 06.12.2022 13:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan Polshaga (3:1) qarshi o‘yinning tanaffus vaqtida sheriklarini qay tarzda ruhlantirgani haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, u vaqtda "uch ranglilar" 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

"Biz orzu bilan yashayapmiz xolos, lekin agar xuddi shu ruhda davom etsak, bu orzu istalgan vaqtda barbod bo‘lishi mumkin, bunga hech kim kafolat bermaydi. Real maqsadlar haqida ham o‘ylash vaqti keldi", - degandi Varan tanaffus vaqti.

Bundan ilhomlangan frantsuzlar yakunda yana 2 ta to‘p kiritishdi va raqiblari ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi g‘alaba frantsuzlarga jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l olish imkonini berdi va u erda Desham shogirdlari Angliya bilan to‘qnash keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!