Frantsuzlar Benzemani unutmaydi
Karim Benzema Ispaniya chempionatida raqiblar darvozasini 27 marotaba ishg‘ol qilib, La Liga to‘purari bo‘ldi. Shu bilan birga Benzema Ispaniya chempionatida eng ko‘p gol urgan birinchi frantsiyalik futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.
Ispaniya chempionatining eng mohir to‘purarlaridan bo‘lgan frantsiyalik Antuan Grizmann ham hech qachon La Liga to‘purari bo‘lmagan. Uning eng sermahsul mavsumlarida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi undan o‘zib ketavergan.
Mana endi Ronaldu ham, Messi ham ishtirok etmagan chempionatda Karim Benzema o‘zini ko‘rsatdi.
Benzema “Real”da 2009 yildan beri to‘p tepmoqda. Tajribali forvard 2018 yili jamoani Krishtianu Ronaldu tark etganidan keyin asosiy to‘purarga aylanib oldi.



Fikrlar