
Frenki de Yong: "Barsa"ga qarshi maydonga tushishni xohlayman
Avvalroq xabar berganimizdek, Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yongni sotib olish borasidagi fikridan qaytmayapti. Xavbek ushbu xabarlarga o‘z fikrini bildirdi.
- Albatta, bir kun kelib "Barselona"ga o‘tishimga ishonaman, biroq yangi mavsumni "Ayaks" safida o‘tkazishni rejalashtiryapman. Ishonchim komil, men uchun bu ajoyib yil bo‘ladi.
"Barsa" bilan chempionlar ligasida kuch sinashishni xohlayapman. Bugungi kunga kelib jamoamizda ajoyib tarkib shakllangan va shu bois ham guruh bosqichidan yaxshi natija ko‘rsatib chiqishni uddasidan chiqamiz.
Faoliyatim davomida top klublarga qarshi birinchi marotaba harakat qilaman. Umid qilamanki, EChL qur’a tashlash marosimi biz uchun omadli bo‘ladi, - deya Frenkining so‘zlaridan iqtibos keltiradi NOS nashri.
Fikrlar