Fenki de Yong: "Biz yutqazmasligimiz kerak edi"
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Real Sosyedad"ga qarshi oʻyindan keyin fikr bildirdi. Kataloniya jamoasi katta oʻyin ustunligiga qaramay, safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Bu Hans-Diter Flik jamoasi uchun noyabr oyidan beri ilk magʻlubiyat boʻldi.
"Biz yaxshi oʻynadik. Koʻproq gol urib, gʻalaba qozonishimiz kerak edi. Hakamning bugungi qarorlari juda tushunarsiz. Men ofsaydni koʻrmadim, toʻrtinchi hakamdan soʻradim, u esa ishorasi bilan ofsayd boʻlmaganini anglatdi. Bu stadionda bunday holat avval ham boʻlgan.
Men hakamga raqib vaqt choʻzayotganini, qoʻshimcha daqiqalarni koʻpaytirish kerakligini aytdim, lekin u meni inkor qildi. Kulib qoʻydi va gʻoy oʻzini mendan ustun qoʻyayotgandek qaradi", — dedi de Yong oʻyindan keyingi suhbatda.
Shunga qaramay, "Barselona" La Ligada peshqadam boʻlib qolmoqda, ammo "Real"dan ustunligi endi bir ochkogagina teng.

Fikrlar