Frensis Ngannu UFCdan xafa bo‘lganga o‘xshaydi
UFCning og‘ir vazn toifasining reytingida ikkinchi raqamda qayd etilgan Frensis Ngannu 9 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan turnirda Aleksandr Volkov va Greg Xardi o‘rtasida jangning tashkil etilishi haqida fikr bildirdi.
"Men UFCning o‘yinlarini yaxshi ko‘raman. Bu juda kulgili”-, deb yozdi Ngannu o‘z tvitter sahifasida.
Volkovning avvalgi raqibi - Junior Dos Santos sog‘lig‘i tufayli jangdan chetlatilgan edi.
Ngannu Volkovning raqibi bo‘lishga tayyorligini aytgandi, ammo rossiyalik jangchining Xardi bilan to‘qnash kelishi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Fikrlar