Frezer Klark: "Qo‘limdan kelganini qildim, ammo o‘zimdan faxrlanaman"

  • 5 avgust, 2021, 13:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Olimpiada o‘yinlari boks musobaqalari +91 kg vaznda yarim final janglari bo‘lib o‘tgan edi. Unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov britaniyalik Frezer Klark ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Klark jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu men xohlagan ertak emas, lekin men o‘zim bilan faxrlanaman, bu katta men uchun katta natija.

Hayotimning so‘nggi olti oyida men boks borasida o‘tgan 18 yilga qaraganda ko‘proq ishlar qildim. U erga eng yaxshilaridan biri sifatida borish men uchun katta sharaf va zavqdir. Men o‘zim va butun jamoa bilan faxrlanaman.

Men Olimpiadaning bronza medali sovrindoriman, men hech qachon bunday bo‘lishiga ishonmagan edim. Jalolovni tabriklayman, u ajoyib jangchi, men qo‘limdan kelganini qildim", - dedi Klark.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 8 avgust kuni bo‘ladigan final jangida amerikalik Richard Torresga qarshi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!