Furqatbek Yoqubov nigohlar to‘qnashuvida yoxud u ertaga “UAE Warriors 42” turnirida jang qiladi! (Video)

  • 19 may, 2023, 13:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

20 may kuni BAAning Abu-Dabi shahrida “UAE Warriors 42” turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang kechasida o‘zbekistonlik Furqat Yoqubov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Tecno

Yurtdoshimizga filippinlik Junifer Kimmayong raqiblik qiladi. Yoqubov uzoq vaqtdan buyon Dubay shahrida Husan Majlimov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Jang o‘ta engil (61,2 kg) vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu jang oldidan vazn o‘lchash va Face to face marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Yurtdoshimizning rekordi 5-4 bo‘lsa, Kimmayongning rekordi 5-2 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!