
Futbol bayrami boshlandi! Barcha guruhlar bilan tanishing
SPORTS.uz Yaponiya poytaxti mezbonlik qiladigan Olimpiadaning futbol bahslari haqidagi eng muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi. Bugun, barcha guruhlardagi vaziyat bilan tanishtirib o‘tamiz.
"C" guruhi
Misr, Ispaniya, Argentina, Avstraliya
Bu guruhda avtomatik ravishda e’tibor markazimizda Argentina va Ispaniya bo‘lishi aniq. Misr va Yaponiya jamoalari favoritlarga qarshi kurash olib borishga urinadi, ammo o‘rtadagi farq ulkan. Keling, avvaliga e’tiboringizga Ispaniya terma jamoasi tarkibini taqdim etamiz. E’tiborlisi shundaki, ushbu yurt ancha kuchli tarkib bilan Yaponiyaga tashrif buyurgan. "Qizil furiya"ni bemalol oltin medallar uchun asosiy da’vogar, deb atash mumkin.
Ispaniya: Darvozabonlar: Alvaro Fernandes («Ueska»), Unai Simon («Atletik»), Alexandro Dominges («Las-Palmas»).
Himoyachilar: Oskar Mingesa, Erik Garsiya (ikkalasi — «Barselona»), Xesus Valexo («Real»), Pau Torres («Vilyarreal»), Oskar Xil («Espanol»), Xuan Miranda («Betis»).
Yarim himoyachilar: Mark Kukurelya («Xetafe»), Xon Monkayola («Osasuna»), Martin Subimendi, Mikel Merino (ikkalasi — «Real Sosedad»), Dani Sebalos («Real»), Karlos Soler («Valensiya»), Pedri («Barselona»).
Hujumchilar: Brayan Xil («Sevilya»), Marko Asensio («Real»), Dani Olmo («Leyptsig», Germaniya), Mikel Oyarsabal («Real Sosedad»), Rafa Mir («Vulverxempton», Angliya), Xavi Puado («Espanol»).
"S" guruhida Argentina jamoasining imkoniyatlari ham chakki emas. Tarkibda mashhur nomlar bo‘lmasada, "Albiseleste" uyushqoq jamoa bilan Yaponiyaga tashrif buyurdi. Aynan shu musobaqa ro‘yxatdagi futbolchilar uchun tramplin vazifasini o‘tab berishi mumkin.
Argentina: Darvozabonlar: Ruli (Real Sosedad), Verner (Atletiko Rafaela).
Himoyachilar: Xose Gomes (Lanus), Magalyan (Boka Xuniors), Keusta (Independente), Djanetti (Veles), Soto (Banfild), Vega (River Pleyt).
Yarim himoyachilar: Maurisio Martines (Union), Askasibar (Estudiantes), Lo Chelso (Rosario), Lansini (Vest Xem), Lukas Romero (Kruzeyro), Anxel Korrea (Atletiko).
Hujumchilar: Jovanni Simeone (River Pleyt), Xoakin Korrea (Sampdoriya), Espinosa (Urakan), Vetto (Atletiko).
"A" guruhi
Yaponiya, Frantsiya, Meksika, Janubiy Afrika
Mezbonlar joylashgan "A" guruhida vaziyat ancha chigal. Birinchi o‘rin uchun amaldagi JCh g‘olibi - Frantsiya yaqqol favorit ekanligini ma’lum. Guruhdagi ikkinchi o‘rin uchun bahs ayovsiz kechadi. Meksika va Janubiy Afrika termalariga qit’adoshlarimiz etarlicha qarshilik ko‘rsatish niyatida. Yaponiya futbol rahbarlari bu musobaqa uchun deyarli 4 yildan beri tayyorlanib kelmoqda. Natija ham shunga yarasha bo‘lsa, ajab emas. Frantsiya musobaqaga JCh g‘olibi - Floren Toven va Evopa chempionati kumush medali egasi Jinyak bilan tashrif buyurdi. Shuningdek, tarkibda Kamavinga, Lyuka Tuzar singari iqtidorli yosh futbolchilar mavjud.
Frantsiya: Darvozabon: Pol Bernadoni («Anje»), Gote Larsonner («Brest»).
Himoyachilar: Benua Badiashile («Monako»), Antoni Kasi («Strasbur»), Per Kalyulyu («Milan»), Kleman Mishlen («Lans»), Vilyam Saliba («Nitstsa»), Malang Sarr («Portu»).
Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinga («Renn»), Maksens Kakre («Lion»), Jonatan Ikone («Lill»), Teji Savane («Monpele»), Florian Toven («Tigres»), Lyuka Tuzar («Gerta»).
Hujumchilar: Andre-Per Jinyak («Tigres»), Amin Guiri («Nitstsa»), Randal Kolo-Muani («Nant»), Arno Norden («Sent-Eten»).
"B" guruhi
Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras, Ruminiya
Bu guruhda mashhur nomlarni kuzatmaysiz, biroq o‘yin darajasi yuqori bo‘lishi aniq. Mutaxassislarning aksariyati kvartetda Janubiy Koreyaning imkoniyatlarini yaxshiroq baholamoqda. Shuningdek, Yangi Zelandiya ham kashfiyotga aylanishi hech gap emas. Ruminiya va Gonduras terma jamoalari esa, ancha tajribaliroq futbolchilar bilan musobaqaga tashrif buyurmoqda. Umuman olganda, guruh nom jihatdan boshqalaridan orqada qoladi.
"D" guruhi
Braziliya, Germaniya, Kot-d'Ivuar, Saudiya Arabistoni
Nomlar borasida JCh bilan ham bemalol bahslasha oladigan to‘rtlik bilan tanishing. Birinchi navbatda Braziliya terma jamoasining tanlangan tabribiga e’tibor qarating. Risharlison, Martinelli, Reyner va Dani Alves singari nomlar ko‘zingizga tanish ko‘rinadi.
Shuningdek, Germaniya terma jamoasi ham turnirda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri. O‘tgan Olimpiada finalida Braziliya va Germaniya finalda to‘qnash kelgan edi. Bu safar ular guruh bosqichidayoq o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega.
Germaniya: Darvozabonlar Florian Myuller («Shtutgart»), Luka Plogmann («Verder»), Svend Brodersen (erkin agent);
Himoyachilar: Bendjamin Xenriks («RB Leyptsig»), Djosha Vagnoman («Gamburg»), Amos Payper («Arminiya»), Feliks Uduoxay («Augsburg»), Jordan Torunariga («Gerta»), David Raum («Xoffenxaym»);
Yarim himoyachilar: Maksimilian Arnold («Volfsburg»), Arne Mayer («Gerta»), Anton Stak («Groyter-Fyur»), Niklas Dorsh («Gent»), Marko Rixter («Augsburg»), Ismail Yakobs («Kyoln»), Eduard Lyoven («Boxum»);
Hujumchilar: Maks Kruze, Sedrik Toyxert (ikkalasi — «Union»), Nadiem Amiri («Bayer»).
Barcha o‘yinlar taqvimi bilan tanishing!
Fikrlar