
Futbol tarixidagi eng omadsiz futbolchi kim?
Ispaniyaning mashhur "Marca" nashri futbol tarixidagi eng omadsiz futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ushbu reytingning yuqori pog‘onasini "Barselona" va Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Xaver Maskerano egalladi. U faoliyati davomida jami 11 ta finalni boy bergan - 5 bor terma jamoa bilan, 6 bor esa klub miqyosidagi turnirning hal qiluvchi uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan.
Frantsiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra futbolchilik faoliyati davomida 4 bor EChL finalida engilgan bo‘lib, ushbu reytingning 2-pog‘onasidan joy oldi.
Gollandiya terma jamoasi va "Bavariya"dagi ajoyib o‘yinlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan Aren Robben esa 6 finalni boy bergan - 2 EChL, 3 Superkubok va JCh finali.
Shuningdek, o‘nlikdan Alessandro Del Pero (3 EChL va Evro-2000), Lotar Matteus (2 JCh, 1 EChL), Gonsalo Iguain (EChL, ikki Kopa Amerika va JCh-2014), Janluiji Buffon (uchta EChL va Antoni De Avila (2 ta Libertadores kubogi) kabi futbolchilar ham o‘rin olishdi.
Fikrlar