
Futbolchi “Barsa”ga qaytishdan bosh tortdi
Transfer huquqi “Barselona”ga tegishli himoyachi Serjino Dest ijara asosida PSV sharafini himoya qilmoqda.
Amerikalik futbolchini Xavi Ernandes jamoadan ketkazgan. Dest yaqinda Kataloniyaga qaytish haqidagi savolga javob berdi.
- Xavi bor ekan, men “Barselona”ga bormayman, - dedi Serjino Dest Voetbal International nashriga bergan intervyusida.
23 yoshli futbolchi “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020 yili uni Ronald Kuman “Barselona”ga taklif qilgan. Biroq jamoa boshqaruvi Xavi Ernandesga o‘tganidan keyin ispaniyalik mutaxassis avvalgi murabbiy olib kelgan o‘yinchilarni sekin-asta boshqa jamoalarga o‘tkazib yubordi.
Serjino Dest ham Xavi kelganidan keyin “Milan”ga va keyingi mavsumda PSVga ijaraga berib yuborildi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin yakunlanadi.
Fikrlar