Futbolchi jahon chempionatiga borish uchun jamoasidan ketmoqchi

  • 26 iyul, 07:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yarim himoyachisi Xarvi Elliot yangi mavsumni boshqa klubda boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

22 yoshli futbolchi “Liverpul”ga bo‘lgan mehrini yashirayotgani yo‘q. Biroq Xarvi o‘tgan mavsumda Premer-ligada atigi ikkita uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritildi xolos.

Elliot Angliya terma jamoasiga nomzodlardan biri. Kelasi yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashuvchi tarkibga kirish uchun u muntazam o‘yin amaliyoga ega bo‘lishi o‘ta zarur. Shu bois, Xarvi og‘ir qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

- Hammasi juda oddiy. Agar o‘zimga qolsa, butun faoliyatimni “Liverpul”da o‘tkazgan bo‘lardim. Men klubni yaxshi ko‘raman. Lekin kelajakda men uchun nima yaxshiroq bo‘lishini o‘ylashim ham kerak. Maqsadlarim jiddiy va katta. Men jahon chempionatida o‘ynamoqchiman, - dedi Xarvi Elliot.

Hozircha, Xarvi Elliot qaysi klubga o‘tishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Biroq bu darajadagi o‘yinchi e’tibordan tashqarida qolib ketmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!