Futbolchi qizlar. Diyora Xabibullaeva nega Evropa klublari taklifini rad etgan?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

  "Futbolchi qizlar" maqolalar to‘plamining navbatdagi qahramoni O‘zbekiston Ayollar Oliy ligasining amaldagi chempioni "So‘g‘diyona - W" klubi hujumchisi Diyora Xabibullaeva.
   1999 yil 10 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida tug‘ilgan Diyora yoshligida ayollar futboli Sirdaryoda rivojlanmaganligi sababli volleybol sport turi bilan shug‘ullangan. Qolaversa, O‘zbekistondagi grand klublardan biri "Sevinch" ham bu viloyatdan juda uzoq bo‘lgan. Maktabda o‘qib yurgan vaqtida futbolga qiziqqani tufayli ayollar klublari haqida ma’lumotlar yig‘a boshlaydi va bir kuni "Metallurg -W" haqida eshitib qoladi. Oila a’zolarining roziligini olib Toshkent viloyati jamoasida shug‘ullanishni boshlaydi. 17 yoshida Sherali Boboqulov qo‘l ostida maydonda ko‘rinish beradi.

   Futbolchilik faoliyati
Eldor Shomurodov O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi –  Gazeta.uz

  2016 yilda bekobodliklar jamoasiga kelib qo‘shilgan hujumchimiz 2017 yilda klub bilan chempionlikni nishonlaydi. Jamoadagi yaxshi xulqi va tezkor hujumchiligi tufayli 2019 yil murabbiy Sherali Boboqulov o‘zi taklif olgan "So‘g‘diyona - W" klubiga shogirdini ham olib ketadi. O‘sha yillar Diyora Xabibullaeva Ayollar Oliy ligasida to‘purarlar jadvalida etakchilikka erishadi. Qatorasiga 3 yil "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" sovriniga da’vogarlik qiladi. Vanihoyat, 2021 yilda u eng yaxshilar qatorida e’tirof etiladi. Bunda nafaqat ligadagi ajoyib o‘yinlari, balki terma jamoa safidagi xizmati ham alohida ta’kidlanadi.
   Transfer masalalari
Ayollar Oliy ligasi. “So'g'diyona” oltin, “Bunyodkor” esa kumush medallar  bilan taqdirlandi

  O‘zbekistonda ayollar futbolini juda ommalashgan deb ayta olmaymiz. Ammo Evropa klublaridan iqtidorli futbolchilarimizga takliflar bo‘lishini hech bir mutaxassis rad etmaydi. Jumladan, yilning eng yaxshi futbolchisi Diyora ham turli jamoalardan kelgan takliflar haqida aytib o‘tgan, lekin ularning nomini oshkor qilmagan. U barcha takliflarni rad etgan va bugun u birinchi murabbiyi bilan Jizzax viloyati sharafini himoya qilyapti. Barchaga ma’lumki, "So‘g‘diyona - W" xususiy klub va ayni vaqtda yurtimizdagi "eng boy" jamoa hisoblanadi. Shu tufayli, futbolchilarga yaxshi sharoit yaratilgan va etarlicha maosh to‘lanadi. Chempionatdagi eng kuchli qizlar ham aynan jizzaxliklar safiga jalb qilingan. Shundan bilishimiz mumkinki, Evropa jamoalarini rad eta olish darajasida qulaylikalar bor va bu Diyoraning darajasini o‘sishida etarli.
   "Eng yaxshi futbolchi" qancha maosh oladi?
Ayollar Oliy ligasi-2021 raqamlarda. Eng yirik hisob qaysi o'yinda qayd  etilgan?

  Avvalroq aytganimdek, futbolchi qizlar qancha maosh olish haqidagi savollarga "shartnomamizda oshkor qilmaydi degan bandi bor" deb qutilib qolishadi. Mamlakatimizda ayollar futboli ommalashmaganligi sababli hozircha hech bir futbolchi reklama yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali foyda topmaydi. Asosiy daromadi klubdan oladigan maoshi. Futbol "odamlari" orasida yurgan gaplarga ko‘ra "So‘g‘diyona - W" klubida futbolchilarga 10 million so‘m atrofida maosh beriladi (premiya va ko‘tarma pullardan tashqari).
   Statistika
FC Sogdiana Women - Posts | Facebook
  Joriy mavsumning 11 turi ortda qoldi va hujumchi 20ta gol urib to‘purarlar jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Statistikani eshitib biroz hayron bo‘lishingiz mumkin, bu tabiiy holat. So‘g‘diyona 1-davra uchrashuvlari doirasida "Metallurg - W" ni 11:1, "Lokomotiv - W" ni esa 8:0 hisobida mag‘lub etgan. Ha, ayollar futbolida mana shunday hisoblar juda ko‘p uchraydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
23/06/2022 12:10
Катта клуб билан катта натижага эришиш мумкин. Диёра рози булгани маъкул эди. Бундан узбек футболи ютади! Узбек футболчи эркаклари эплолмаган ишни шу кизча эпласа, футболчи эркаклар уялиб коларди.