"Futbolchilar bu erda to‘p tepish uchun pul yo‘qotishga ham tayyor"

  • 25 mart, 2022, 07:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xordi Kroyff iqtisodiy og‘ir ahvoldaligiga qaramay "Barselona"ni o‘zgacha klub, deb hisoblaydi. 

"Ispaniyada moliyaviy feyr-pley va iqtisodiy muammolar bor paytda ayrim odatiy narsalar endi imkonsiz. Evropaning boshqa joylariga qaraganda bu erda qoidalar ancha kuchliroq. 

Vaziyatni bilgan holda, futbolchilar La Ligada to‘p tepishga tayyor bo‘lishlari kerak. Ular boshqa joyda ko‘proq pul topish mumkinligini yaxshi bilishadi. 

"Ko‘k-anorranglilar"ga kelib qo‘shilgan to‘rtta yangi o‘yinchilar (Dani Alves, Ferran Torres, Per-Emerik Obameyang) qoidalar ijrosini ta’minlash uchun harakat qilishdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz. 

"Barselona" hamon o‘zgacha klub. Futbolchilar bu erda to‘p tepish uchun yo‘l yo‘qotishga ham tayyor", - dedi Kataloniya klubi sport direktori. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!