Futbolchilardan-da qiziqqon murabbiylar. O‘yindan so‘ng Tuxel hamda Konte vaziyatga izoh berdi

  • 15 avgust, 2022, 01:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 2-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Tottenxem" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi

Tecno

Dastlab, 19-daqiqada Kulibali hisobni ochdi. 68-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xyoyberg muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib, Jeyms yana "aristokratlar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin so‘nggida Keyn jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Uchrashuv vaqtida va undan so‘ng har ikkala jamoa menejerlari Tomas Tuxel hamda Antonio Konte o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga yuzaga keldi.

Shuningdek, "shporlar" ustozi stadiondan chiqish yo‘lagida Kovachich bilan ham konfliktga borgan. Ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis Mateu bilan to‘qnashib ketgan. Shundan so‘ng ular mushtlashishgacha borishgan.

Bellashuvdan so‘ng ikki jamoa murabbiylari vaziyatga izoh berdi: 

Tuxel: Kim bilandir qo‘l berib ko‘rishganingizda, qarshingizdagi insonning ko‘ziga qarash kerak, deb hisoblayman. Keyn ikkinchi golni urganda Konte juda xursand edi. To‘g‘risi, men biroz asabiylashdim.

Ikkalamiz ham qizil oldikmi?! Mayli, bu muhimmas. Ayrim narsalarning ahamiyati yo‘q, aslida.

Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Biroq ularning ikki goliga ham chidab bo‘lmasdi. G‘alabaga loyiq faqat biz edik. Raqib hatto durangga haqli emasdi.

Xavertsga nisbatan bir nechta taktik fol ishlatishdi. Ochig‘i, Bentankur va Xyoyberg necha marta bunday qilganini hisoblashda adashib ketdim.

Risharlisonda ofsayd bor edi. U qolganlardan yaqqol ajralib qolgandi. Bilmadim, hakamlar buni qanday payqamadi?!

Konte: Oxirgi holatga izoh berishni istamayman. Bu muhim emas. Agar qandaydir muammo bo‘lsa, bu faqat men va u o‘rtasida bo‘ladi. Boshqalarga buning qiziq joyi yo‘q.

Chelsiga qarshi safardagi o‘yinlarda doim qiyinchilikka duch kelganmiz. Biroq bu safar biz yomon natija ko‘rsatmadik. Raqib oxirgi 2 yilda EChL va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, shuningdek, kubok finallarida ishtirok etdi. Albatta, ular bizdan mazkur jabhada ancha ustun edi. Shunday bo‘lsa-da, biz durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldik. O‘tgan mavsum 3 o‘yinda yutqazgandik, bu mavsum esa ilk to‘qnashuvdayoq 1 ochko qo‘lga kiritishga erishdik. Demak, bizda o‘sish bor.

Qayd etish lozim, "Chelsi" ilk turda "Everton" ustidan 1:0 hisobida ustun kelgandi. O‘yindagi yagona golga Jorjino mualliflik qilgan. "Tottenxem" esa yangi mavsumning ilk o‘yinida "Sautgempton"ni yirik 4:1 hisobida taslim etgan. Gollar Dayer, Sessenon hamda Kulusevski tomonidan kiritilgan. Shuningdek, "avliyolar" futbolchisi Salisu o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan. 

Ayni vaqtda "ko‘klar" APL turnir jadvalida etti ochko to‘plagan holda, 7-o‘rinda bormoqda. Shuncha ochkoga ega Konte shogirdlari to‘plar nisbati yaxshiroqligi tufayli 4-pog‘onani band etgan 

photo_2022-08-15_00-49-14

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!