Futbolchilarning mashg‘ulot paytida timsoh kelib qoldi (video)
MLS da ishtirok etuvchi “Toronto” klubi mashg‘ulotlari paytida kutilmaganda timsoh paydo bo‘ldi. Klub matbuot xizmati kutilmagan mehmonning tashrifi aks etgan videolavhani jamoaning tvitterdagi sahifasiga joylashtirdi.
Kanada jamoasi ayni damda Florida shtatida Chempionlar ligasi (KONKAKAF) doirasidan o‘rin olgan Meksikaning "Krus Asul" klubiga qarshi o‘yinlar oldidan mashg‘ulot olib bormoqda va timsohning bu erda paydo bo‘lishi yangilik emas.
Hayvonning xavfli emasligi aniqlangandan so‘ng (timsohlar kamdan-kam odamlarga hujum qilishadi), futbolchilar uning oldida suratga tushishni boshladi. Biroz vaqt o‘tgach, timsoh o‘z-o‘zidan maysazorni tark etdi.
Fikrlar