TIGGO 2 PRO

Koronavirus pandemiyasi sababli futbolchilarning transfer narxlari keskin darajada pasaytirildi.

Avvalgi narxi 200 mln evroga teng bo‘lgan PSJ forvardi Kilian Mbappe hamon etakchilikni saqlab turipti, ammo uning ham transfermarkt.de saytidagi narxida o‘zgarish yuzaga kelib, 180 mln evrogacha tushirilgan.

Eng qimmat top-10 futbolchilar ro‘yxatidan "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann chiqib ketdi va uning o‘rnini "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold egalladi.

Oldiniga sakkizinchi pog‘onadan joy olib turgan argentinalik Lionel Messi bir pog‘ona pastlab, o‘z o‘rnini "Borussiya" a’zosi Jeydon Sanchoga bo‘shatib berdi.

Top-10ning to‘liq ro‘yxatini quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin:

new-top-10-ru-1586338014-36117

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!