
Futboldagi janjalda bir kishi hayotidan, boshqasi oyog‘idan ayrildi
Polshadagi futbol uchrashuvida ashaddiy fanatlar o‘rtasida katta janjal kelib chiqdi. Bu mojaro “Tarnoviya Tarnuv” va “Uniya Tarnuv” jamoalari tarafdorlari o‘rtasida bo‘ldi, deb xayuar tarqatdi Sport.pl sayti.
Politsiya bergan ma’lumotlarga qaraganda, tartibsizliklarda yuz nafarga yaqin futbol fanatlarini ishtirok etgan. Ular janjalda bir biriga nisbatan signal raketalari, petardalar, beysbol bitalari va o‘tkir tig‘li jimslarni ishlatgan.
Janjal oqibatida 40 yoshli muxlis o‘ldirildi. Uning o‘limiga o‘tkir tig‘li jism, katta ehtimol pichoqda etkazilgan jarohat sabab bo‘lgan. Bu muxlis reanimatsiyaga yotqizildi. Biroq, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Shuningdek, to‘polon va janjallar oqibatida yana bir kishi og‘ir jarohat olib, oyog‘idan ayrilgani ma’lum qilindi.
Fikrlar