Futboldan sovigan muxlislar, davri o‘tayotgan yulduzlarimiz va Katanetsning sahnaga chiqishi!

  • 12 may, 2023, 23:38
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Doha shahrida 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, terma jamoamiz “B” guruhida Avstraliya, Suriya va Hindistonga qarshi kurash olib borishi ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, bu “o‘lim guruhi”dan omon chiqamizmi? Avstraliyani engishga qodirmizmi? Suriya 3-savatchadagi eng kuchli raqibmidi? Hindiston haqida nima bilamiz? Shu va yana boshqa ko‘plab savollarga javobni mana shu maqolada olishingiz mumkin.

Tecno

Musobaqa formati

Uzbekistan233

So‘nggi yillarda futbolning jadal rivojlanib borayotgani sababli katta musobaqalarda ishtirokchilar sonining ortishi kuzatilmoqda. Bu tendentsiya Osiyo kubogiga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Endilikda 16 emas, 24 terma jamoa turnirda ishtirok etadi. Ular 6 guruhga to‘rttadan bo‘lingan holda, o‘z ishtirokini boshlaydi. Kvartetda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar o‘z-o‘zidan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi. Shuningdek, 6 kvartetdagi eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta o‘z guruhida uchinchi o‘rinni olgan jamoa ham hal qiluvchi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqadi. Shu tariqa, pley-off chorak finaldan emas, nimchorak finaldan boshlanadi. 12 yanvar sanasida Qatar va Livan o‘rtasidagi bahs turnirni ochib beradi.

format23

Endi biroz ilgarilab ketamiz. Agar guruhda birinchi o‘rinni olsak, “A”,”C” va “D” guruhlaridagi 3 o‘rinni olgan eng yaxshi jamoalardan biri bilan to‘qnash kelamiz. Ikkinchi o‘rin esa, bizni “F” guruhidagi ikkinchi jamoaga qarshi pley-offda to‘p surishimizni anglatadi. Agar 3 o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqsak, “D” guruhida g‘olibi nimchorak finalda bizni qarshi oladi.

Biz "o‘lim guruhi"damizmi?

Kuper43

Qaysdir ma’noda, qur’a biz uchun qulay keldi deb bo‘lmaydi. Hindistonni inobatga olmaganda, Suriya va Avstraliya biz uchun noqulay raqiblar sanaladi. Ektor Kuper boshqaruvidagi Suriya biz singari himoyadan o‘ynasa, “kengurular” jismonan ancha baquvvat futbolchilardan tashkil topgan. So‘nggi yillarda Hindiston futbolida ham yaxshigina rivojlanish bo‘lganini hisobga olish shart. Ushbu yurt futbolida hozir asosan kuchli xorijlik mutaxassislar ish olib bormoqda. Boz ustiga, chinakam autsayder maqomida turnirga tashrif buyurgan hindlar hech qanday bosimsiz erkin to‘p surish imkoniga ega. Bu ham “kriket yurti vakillari" uchun kichik bir qo‘shimcha kuch taqdim etishi mumkin. Suriya bu guruhdagi “yashirin tulpor”. Kuper boshqaruvidagi jamoa joriy yil davomida ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Ular Tailand ustidan 3:1 natijasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Bahraynga minimal hisobda engilda.

Grem Arnold qo‘l ostidagi Avstraliya bizni guruhdan o‘rin egallashi bilanoq deyarli barcha Qatarda bo‘lgan 2011 yildagi yarim final o‘yinini yodga olani aniq. Unutmaslik lozim, u Avstraliya deyarli dunyo yulduzlaridan tashkil topgan “oltin avlod” edi. Hozir, “kengurular”da avlodlar almashinuvi kuzatilgan. Bugun ular safida Tim Kehill, Harri Kyuell, Lukas Nil, Milo Edinak singari katta futbolchilari yo‘q.

Australia

Ha, doimgidek legionerlar jamoa asosini tashkil etadi, biroq bu 2011 yildagi darajadan ancha pastroq. Soddaroq qilib aytsak, "o‘lim guruhi"da aynan O‘zbekiston birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqish uchun da’vogar.

Futbolchilar holati va murabbiy effekti

Srechko Kanatets qo‘l ostida terma jamoamiz keraklicha vaqt davomida yig‘in o‘tkazdi. Turli o‘yin uslubiga ega jamoalar sparring raqib vazifasini bajarib berdi. Qisqasi, Katanetsda keragidan ham ortiqroq vaqt bor edi. Endi, natija ko‘rsatish fursati etdi. O‘ylashimcha, Katanets targ‘ib etayotgan futbol aynan mana shu musobaqada ilk mevasini beradi. Ishonchli mudofaa, tezkor qarshi hujum va top darajadagi markaziy hujumchi uyg‘unligi bizni Osiyo kubogidagi 2-raqamda to‘p suradigan eng xavfli jamoaga aylantirishini kutyapman. Futbolchilarimizning ruhiy holati ham terma foydasiga ishlaydi. Sababi, Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, O‘tkir Yusupov, Rustam Ashurmatov va boshqa yana bir nechta futbolchimiz uchun bu karerasining eng pik nuqtasiga to‘g‘ri kelayotgan musobaqa hisoblanadi.

Katanets

4 yildan so‘ng ularning sport formasida pasayish bo‘lishi aniq. Shu bois, termamizning bugungi suyagini tashkil etuvchi yigitlar qit’a birinchiligida yukning katta qismini o‘z bo‘yniga oladi. Hozir, FIFA reytingida Ummon, BAA va Iroqdan pastda turganimizga qaramay, terma jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin Osiyoning top-6 jamoasinikidan qolishmaydi. Shunday ekan, ushbu turnirda pley-offdagi raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, kamida yarim finalga qadar etib borishga potentsialimiz etadi.

muxlis

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolida sezilarli darajada pasayish kuzatilgani bor gap. Ayniqsa, terma jamoamizning so‘nggi JCh saralashidagi omadsizligi ushbu sport turining yurtimizdagi imidjiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ishqibozlar ham ketma-ket omadsizliklardan so‘ng biroz futboldan sovib qolgani rost. Aynan bu turnir mamlakatda futbolni yana avvalgi darajasiga olib chiqish imkonini taqdim etadi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shahzod Mamurov
13/05/2023 01:05
Final va JCHga mana shu murabbiy va futbolchilar bilan chiqishimizga ishonaman, men uchun quvonarlisi MTJning 90 foiz o'yinchilari Qashqadaryo klublaridan chiqgan. Masalan Shomurodov,Shukurov,Yusupov,Nematov,Aliqulov,Eshmurodov,Nasrullayev,Sayfiyev,Hamrobekov,Ganiyev. Qolaversa Davronov,Gaybullayev,Abduxoliqov,Bozorov,Norchayev,Mozgavoy,Saitovlar o'z fursatini kutmoqda.
&
Nurota1983
13/05/2023 05:42
олга Узбекистон