Futzal. Argentina o‘z qit’adoshini, qo‘shnilarimiz esa Tailandni ayab o‘tirmadi

  • 23 sentabr, 2021, 21:38
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Mini-futbol
BEPUL PROPAN

Futzal bo‘yicha davom etayotgan Jahon Chempionatining ikkita nimchorak final o‘yini yakuniga etdi. 

Argentina - Paragvay uchrashuvida 7 ta gol kiritildi va argentinaliklar 6-1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Qo‘shnilarimiz Qozog‘iston esa Osiyoda katta mavqeiga ega Tailandni sharmandali tarzda mag‘lub etdi. Ularning 7 goliga Tailand terma jamoasi biror marotaba ham javob qaytara olmadi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shnilarimiz ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Eron bahsi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi. Amaldagi chempion Argentinaga keyingi bosqichda Rossiya raqiblik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
23/09/2021 22:27
Vav Argentina Rossiya bilan o‘ynar ekanmi juda kuchli,hayajonga boy o‘yin guvohi bo‘larkanmizda.Man Rossiyaga muhlislik qilaman
Sultanov Nodirbek
23/09/2021 23:05
Super toʻqnashuv. Oʻtgan safargi finalchilar