Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ochilish marosimiga "Dizayn" guruhi va Yorqinxo‘ja Umarov keladi

  • 1 aprel, 2019, 11:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1 aprel kuni futzal bo‘yicha mamlakat chempionati 1-tur o‘yinlari boshlanadi. Poytaxtimizda joylashgan "O‘zbekiston" sport majmuasida chempionatning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Marosim 15:30da boshlanadi.

Tecno

Ochilish marosimiga "Dizayn" guruhi va Yorqinxo‘ja Umarov keladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

14:00. "Bunyodkor" - "Neftchi"

15:30. Ochilish marosimi

16:00. "So‘g‘diyona" - "Nasaf"

18:00. "Navbahor" - "Maksam-Chirchiq"

Barcha bahslar "O‘zbekiston" sport majmuasida tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!