Futzal. Chorak finalda super bahs guvohi bo‘lamiz!

  • 25 sentabr, 2021, 00:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati nimchorak finaldan o‘rin olgan Ispaniya - Chexiya o‘yini yakuniga etdi va unda ispanlar raqibidan 5:2 hisobida ustun keldi.

"Qizil furiya" safida Raul, Gomez, Raya, Adolfo va Ortiz o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Chexlardan Resetar va Koudelka raqib darvozasini ishg‘ol etdi.  

Shuningdek, Portugaliya - Serbiya baxsi ham yuqoridagi o‘yin bilan parallel tarzda bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limda portugallardan Varela va Mendanko gol urgan bo‘lsa, Joau o‘z darvozasi ishg‘ol etib qo‘ydi. Hisob 4:3

Ma’lumot o‘rnida, chorak finalda Ispaniya - Portugaliya o‘yini guvohi bo‘lamiz. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!