Futzal. Guruhdagi raqibimiz Rossiya ilk turda Misrni yanchib tashladi

  • 12.09.2021 19:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati birinchi turidan o‘rin olgan Rossiya - Misr uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda nominal mezbonalr 9:0 hisobida zafar quchdi.

Milovanov va Abramov dubl qayd etgan bo‘lsa, Chishkala xet-trik muallifiga aylandi. Antoshkin hamda Kudziev bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, ushbu guruhdan Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!