Futzal OChL. "Al Rayyan" (Qatar) — AGMK (O‘zbekiston) 5:7 (video)
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo‘yicha klublar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda yurtimiz sharafini O‘zbekistonning amaldagi chempioni - AGMK klubi himoya qilmoqda. Bugun Aleksandr Petrov shogirdlari musobaqaning 3-turi doirasida Qatarning "Al Rayyan" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 7:5 hisobida g‘alabaga erishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Shu tariqa, AGMK hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa guruhda 2-o‘rinni olgan holda pley-offga yo‘l oldi. Qayd etish joiz, olmaliqliklar so‘nggi bor 2016 yilda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edilar.

Fikrlar