Futzal: O‘zbekiston MTJ joylashgan guruhdagi vaziyat qanday? (Foto)

  • 16 sentabr, 2021, 08:32
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Litvada futzal bo‘yicha terma jamoalar ishtirokida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi joylashgan "V" guruhida 2-tur bahslari yakunlandi.

Tecno

Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqa favoriti Rossiya bilan kuch sinashdi va 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Kvartetimizdagi ikkinchi o‘yinda Misr Gvatemalani taslim etdi - 6:3.

Ikkki turda zafar quchgan rossiyaliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Gvatemala va Misr undan keyingi pog‘onalarni band etgan. Terma jamoamiz esa hozircha, oxirgi bo‘lishiga qaramay 3-turda 3 ochko ishlasa, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqishi mumkin.

Uchinchi turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Misr bilan bellashadi. Gvatemala esa Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Uchrashuvlar 18 sentyabr sanasiga belgilangan va o‘yinlar bir xil - Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Quyida "V" guruhidagi 2-turdan keyingi vaziyat bilan tanishing:

photo_2021-09-15_22-46-07

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
16/09/2021 11:35
Бир пайтлар футболда СССР Т/Жси бировларни натижасига қараб гуруҳда қолиб кетар эди.Нима ҳам диймиз; Футзалчиларимизнинг омадинини берсин.Амин!
Кахрамонжон Сафаров
16/09/2021 08:56
Узбекистонни уйинчилари хар доим бировни тахоратига караб иш тутади юракдан Ватан туйгусини хис этмасдан килинган иш фойда келтирмайди , эртакларни айтиб юраверинглар узбекни соддадил мухлислари сизларни эртакларингни эшитавериб ёддан билиб олган , эссиз бу номард уйинчиларга яратилган шароит ва имкониятлар УФА дагилар шунчалар безбетки крокодилни териси хам уларни бети олдида дам олади