Futzal terma jamoamiz bosh murabbiyi: Bu shunchaki, do‘stona bahs edi

CHERY AUTO

Biroz avval, O‘zbekiston futbol va futzal terma jamoalari Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib borganidan xabardorsiz. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozongan futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o‘yin xususida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Uchrashuv biz uchun qiyin o‘tdi. Shunga qaramay, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Eng asosiysi, muxlislar xursand bo‘ldi. Bizga eng keragi mana shu. Bu shunchaki do‘stona bahs edi. 

Mirabror Zufarovichning o‘zbek futboliga qo‘shgan hissasini ta’riflash qiyin. Futbolimizning barcha tarmoqlariga juda katta mehrlarini baxsh etganlar. Xususan, futzalimizning butun dunyoga tanilishida bu insonning o‘rni katta bo‘ldi", - dedi Bahodir Ahmedov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!