Futzal terma jamoamiz bugun AGMKga qarshi o‘ynaydi
Oktyabr oyida bo‘lishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha terma jamoamiz yig‘in doirasida bugun so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlariga AGMK klubi raqiblik qiladi.
Uchrashuv “Bunyodkor” akademiyasi zalida soat 10:30da start oladi.

Fikrlar