Futzal. Terma jamoamiz jahonning etakchi jamoalaridan biri bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 12 iyun, 2021, 17:24
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litva davlatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mundial uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futbolchilarimiz o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi:

Tecno

"Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Mazkur mundialga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning etakchi futzal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.

Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari 25-28 iyun kunlari 2021 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi va Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashadi.

“Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan ushbu bahslarga hozirlik ko‘rish uchun futzal terma jamoamiz 14 iyun kuni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.

Murabbiylar shtabi Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun 20 nafar futzalchini jalb etdi",-deyiladi tashkilot xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
13/06/2021 06:16
Яхши ҳабар!