
Fyuri: "U endi sport zalini tozalash bilan band"
Boks bo‘yicha WBC kamari sohibi Tayson Fyuri sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi ringga chiqmasligini aytdi:
"Joshua endi men uchun muhim emas va uni raqobatchim sifatida ko‘rmayman. U hamma narsasidan mosuvo bo‘lgan, endi esa sport zalini tozalash bilan band.
Eski sayohatchining sarguzashtlari allaqachon yakuniga etgan. Agar siz og‘ir vazn toifasida uni chempionlikka da’vogarlar qatorida ko‘rayotgan bo‘lsangiz, albatta, xato qilasiz. Men va Joshua xech qachon jang qilmaymiz", - dedi boks bo‘yicha WBC kamari sohibi Tayson Fyuri.
Fikrlar