«Galatasaray» «Arsenal» hujumchisini sotib olmoqchi
Turkiyaning mashhur «Galatasaray» klubi yozgi transfer oynasida Londonning «Arsenal» jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Gabriyel Martinellini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Insayder va jurnalist Janluka di Marcio tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi Turkiya chempioni shu yozdayoq 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Xabar qilinishicha, «Galatasaray» avval «Milan» forvardi Rafael Leau borasida kelishuvga erisha olmaganiidan so‘ng, asosiy e’tiborini Martinelliga qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, Gabriyel Martinelli 2019 yildan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda braziliyalik hujumchi Angliya chempionati doirasida «Arsenal» tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar