"Galatasaray" "Real Madrid" futbolchisini Turkiyaga olib ketmoqchi
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Yagiz Sabunchoğlu ma'lumotiga ko‘ra, “Galatasaray” 23 yoshli fransuz futbolchisi bo‘yicha ma'lumot to‘plash ishlarini boshlagan.
Shu bilan birga, hozircha turk klubi madriddliklarga rasmiy taklif bilan chiqqan emas.
Kamavinga joriy mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi.
Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar