
"Galatasaroy" Falkaoning transferi bo‘yicha "Monako" bilan kelishuvga erisha olmayapti
"Galatasaroy" klubi kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkaoning transferi borasida "Monako" bilan kelishuvga erisha olmayapti.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar 33 yoshli futbolchi uchun 5 mln evro so‘rashmoqda, ammo istanbulliklar ushbu narxni pasaytirishni xohlashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Falkaoning o‘zi turk klubi bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Falkao “Monako” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 140ta o‘yinda maydonga tushdi va 83ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar