"Galatasaroy"ning yulduz futbolchisi bugun "Real"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin
"Galatasaroy" klubi forvardi Radamel Falkao bugun Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
A Bola tarqatgan xabarga qaraganda kolumbiyalik futbolchi jarohat sabab jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Falkao “Galatasaroy” safiga yozda “Monako”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum istanbulliklar safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1 ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Galatasaroy” – “Real” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar