
Gameyro Evropa ligasida 25ta gol urgan ilk frantsiyalik futbolchiga aylandi
"Valensiya" klubi hujumchisi Kevin Gameyro kecha "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Squawka nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Gameyro shu tariqa Evropa ligasida 25ta gol urgan ilk frantsuz futbolchisiga aylandi. Umumiy hisobda esa u Evropa ligasida 25ta gol urgan tarixdagi 9-futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshl Gameyro joriy mavsum “Valensiya” safida 51ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar