Garnachoga Ispaniyaning grand klublaridan xaridor chiqdi
Madridning "Atletiko" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Alexandro Garnachoga katta qiziqish bildirmoqda.
APLning 16-turida "Manchester Siti"ga qarshi argentinalik qanot hujumchisi kengaytirilgan tarkibga kiritilmadi. Amorim buning asosiy sababi sifatida uning mashg‘ulotlardagi xatti-harakatlari va intizomini ko‘rsatdi.
"The Sun" nashrining xabar berishicha, ushbu hodisadan so‘ng madridliklar futbolchi atrofidagi vaziyatni o‘rganishni boshlaganlar. Agar bu holat davom etsa, "matraschilar" yaqin vaqt ichida transferga jiddiy kirishishi mumkin.
20 yoshli hujumchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati Transfermarkt portalida 50 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, pushkash mukofotining yangi sohibi bu mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar