
Garnachoga nisbatan muxlislar nafrati ortib bormoqda
"Manchester Yunayted" muxlislari argentinalik hujumchiga nisbatan munosabatini keskin o‘zgartirdi.
"Old Trafford" yaqinida muxlislar Garnacho surati aks etgan posterni buzib, uni "xiyonatkor" deb atashdi.
Futbolchining "Chelsi" bilan muzokaralari ortidan muxlislar orasida shunday fikrlar paydo bo‘ldi. London klubi hujumchining navbatdagi joyi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois, manchesterliklarning ko‘pgina muxlislari Garnachoning ketishini afzal ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Garnacho 2022 yildan buyon "qizil iblislar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning oldingi klublari — "Xetafe" va "Atletiko Madrid" bo‘lgan edi.
Fikrlar