
Gasperini: "Ikki tomon ham simulyatsiya qilmasdan o‘ynadi"
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Chempionlar ligasi doirasidagi "Real Madrid"ga qarshi mag‘lubiyatidan so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi.
"Ikki jamoa ham futbol o‘ynashni istadi va vaqtni cho‘zmasdan harakat qildi. "Qirollik klubi" ham eng kuchli tomonlari evaziga yutdi. Albatta biz natijadan xafamiz, lekin o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim. Shu bilan birga ko‘p narsalarni ulardan o‘rgana oldik. Bizga g‘alaba qozonish uchun faqat ayrim mayda detallar va omad etishmadi" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Gasperini boshchiligidagi bergamoliklar bu mavsum EChLning 6 ta uchrashuvida 3 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta bahsda mag‘lubiyatga uchrab, 11 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalining 13-o‘rinini band qildi..
Fikrlar