
Gattuzo: EChL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganda ham baribir "Milan"dan ketardim, chunki...
Mavsum yakunlariga ko‘ra "Milan"dan iste’foga chiqarilgan Jennaro Gattuzoning aytishicha, uning ishdan olinishi EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritilmagani bilan bog‘liq emas.
“Men xatto jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan taqdirda ham “Milan”dan ketardim. Chunki, men ketish haqida mart oyidayoq qarur qabul qilib bo‘lgandim”, - deydi Gattuzo.
Eslatib o‘tamiz, “rossonerilar” yakunlangan mavsum A Seriyada 5-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Endi ular Evropa ligasida ishtirok etishadi.
Fikrlar