
Gattuzo "Milan"dagi sobiq shogirdini "Napoli"ga olib kelmoqchi
“Milan” yarim himoyachisi Frank Kessie faoliyatini “Napoli”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda neapolliklar allaqachon 22 yoshli ivuarlik futbolchi bilan bu borada aloqaga chiqishgan. Qayd etish lozimki uni “Napoli”da shaxsan jamoaning yangi ustozi Jennaro Gattuzo ko‘rishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tish kerakki, Kessie o‘z vaqtida “Milan”da Gattuzo qo‘l ostida to‘p surgan.
O‘z navbatida agar taklif ma’qul kelsa “rossonerilar” Kessieni qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kessie joriy mavsum A Seriyada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar