
Gattuzo "Roma"ni boshqarishi mumkin
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Roma" bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Leggo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli mutaxassisni “Roma” klubi texnik direktori bo‘lishni maqsad qilayotgan Franchesko Totti Rimga olib kelmoqchi.
Biroq, Gattuzo “bo‘rilar”ni faqatgina “Milan” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan taqdirdagina boshqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" mart oyi boshida Eusebio Di Francheskoni ishdan olib, uning o‘rniga Klaudio Ranerini tayinlagan edi.
Fikrlar