Gattuzo Shomurodovning sobiq jamoasini boshqarishi mumkin

  • 19.01.2022 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo yana A Seriyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, 44 yoshli mutaxassisga "Jenoa"dan takliflar bor. Genuya klubi allaqachon Gattuzo bilan bu borada aloqaga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, "Jenoa" o‘tgan hafta ukrainalik Andrey Shevchenkoni iste’foga chiqargan edi.

Gattuzoning so‘nggi ish joyi esa "Fiorentina" klubi bo‘lgan edi. U o‘tgan yilning yozida jamoa boshqaruviga kelgan va oradan 3 hafta o‘tib iste’foga chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!