Gattuzo yangi mavsumni A Seriyaning boshqa jamoasida boshlashi mumkin

  • 15 aprel, 2021, 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga Jennaro Gattuzoni jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Tecno

"Binafsharanglilar" mavsumlar oralig‘ida bosh murabbiyni o‘zgartirishmoqchi. Ular ushbu lavozimga aynan "Milan" afsonasini munosib ko‘rmoqda.

43 yoshli Gattuzo ayni damda "Napoli"ni boshqarmoqda. Uning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va katta ehtimol bilan ushbu kelishuv uzaytirilmaydi.

Hozirda "Fiorentina"da Juzeppe Yakini bosh murabbiy hisoblanadi. Uning boshqaruvidagi jamoa 30 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!