Gattuzoga iste’fo soya sola boshladi

  • 04.04.2019 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "rossonerilar" rahbariyati xatto jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan taqdirda ham Gattuzoni ishdan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar Gattuzo “Milan”dan ketsa, Totti uni “Roma” bosh murabbiyligiga olib kelmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Gattuzo “Milan”ni 2017 yilning kuzidan buyon boshqarib kelmoqa. Biroq, hozircha uning jamoasi birorta ham sovrin yutgani yo‘q. Ular ayni damda A Seriyada 4-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!