Gavi yana tizzasidan jarohat oldi

  • 30.08.2025 10:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohati tufayli bir nechta o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. 21 yoshli futbolchi juma kungi mashg‘ulotda tizzasidan shikast oldi.

Jurnalist Xavi Migelning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachi La Liganing "Rayo Valkano"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlari uchun Ispaniya terma jamoasi safiga qo‘shilmaydi.

Yaqin kunlarda futbolchi tiklanishning aniq muddatlarini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oxirida Gavi xochsimon boylamning uzilishi sababli tizzasida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Bu safar ham aynan o‘sha tizzasi shikastlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!