General Motors “Formula-1” poygalarida ishtirok etmoqchi

  • 22 noyabr, 2024, 21:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

Amerikaning avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi General Motors 2026 yilda “Formula-1” poygalarida ishtirok etmoqchi.

Tecno

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, GM “Andretti Autosport” tashkiloti bilan hamkorlikda 2026 yildan “qirollik poyga”larida 11-jamoa bo‘lib ishtirok etishadi. 2023 yilda Xalqaro avtomobillar federatsiyasi (FIA) “Formula-1”da 11-12 ta jamoa ishtirok etishiga ruxsat bergan edi. 

2024 yilgi mavsum 2-mart kuni Bahraynda boshlangan, oxirgi Grand-Pri 8-dekabr Abu Dabida bo‘lib o‘tadi. Mavsum yakuniga yana 4 ta poyga qoldi. 22-bosqich 22-24 noyabr kunlari Las-Vegasda bo‘ladi. Agarda, Maks Verstappen (“Red Bull”) marraga Lando Norrisdan (“Maklaren”) oldinroq kelsa, muddatidan oldin 4 karra jahon chempioniga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!