Genri Sexudo: "Merab Dvalishvili P4P reytingida birinchi o‘rinni egallaydi, agar..."

  • 13.06.2025 15:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Super engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo 61 kg vazn toifasida amaldagi chempion Merab Dvalishvili haqida gapirdi.

"Agar Merab Kori Sendhagenni mag‘lub etsa va bu yil yana ikkita jang o‘tkazib, ularda ham g‘alaba qozonsa, men uni "UFC pound-for-pound" reytingida birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim. O‘ylashimcha, katta extimol bilan UFC ham xuddi shunday qiladi" - deb amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili "UFC 316" turnirida Shon O'Mellini 3-raundda sabmishn orqali taslim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!