
Genuya klubiga Vieyra ustozlik qilishi mumkin
“Nyu-York Siti” klubining sobiq bosh murabbiyi Patrik Vieyra faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
“Sampdoriya” rahbariyati “Empoli” ustozi Alessio Dionisi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani tufayli ushbu lavozimga 44 yoshli frantsuz mutaxassisining nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Sky Sport Italia muxbiri Janluka Di Martsioning xabar berishicha, “Empoli” Dionisi uchun “Sampdoriya”dan tovon puli talab qilmoqda. Shu sababli genuyaliklar boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
“Sampdoriya” ortda qolgan mavsum Italiya A Seriyasida 9-o‘rinni egalladi.
Fikrlar